O'zbekiston

Bu yo‘nalishlar yo‘qolib ketishiga oz qolgandi—Prezident

Shavkat Mirziyoyev “Oltin ipak karvonsaroyi”ga tashrif buyurdi.

Bu yo‘nalishlar yo‘qolib ketishiga oz qolgandi—Prezident

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Marg‘ilon shahridagi “Oltin ipak karvonsaroyi” turistik markazini borib ko‘rdi.

 

Majmuaning birinchi qavatida gilamdo‘zlik, kashtachilik, misgarlik kabi xalq hunarmandchiligi xonalari joylashgan. Ularda sayyohlar milliy mahsulotlarimizning tayyorlanish jarayonini yaqindan ko‘rishi, xarid qilishi mumkin.

 

Ikkinchi qavatda jami 30 o‘rinli qadimiy uslubdagi karvonsaroy tashkil etilgan. Istiqbolda majmua bir yilda 10 mingdan ortiq sayyohlarga xizmat ko‘rsatishi mo‘ljallangan.

 

Davlat rahbari milliy o‘zligimizga va yoshlar tarbiyasiga eʼtibori uchun hunarmandlarga minnatdorlik bildirdi.

 

“Hozirgi yuksak texnologiyalar asrida mana shunday oddiy, samimiy joylarni odam sog‘inadi. Bu hunarlarni, bu madaniyatni bobo-momolarimiz faqat qo‘li bilan emas, qalb qo‘ri bilan yaratgan. Bir paytlar bu yo‘nalishlar yo‘qolib ketishiga oz qolgandi. Ularni asrab-avaylayotganingiz uchun rahmat. Bu madaniyatimizni nafaqat chet elliklarga targ‘ib qilish, balki farzandlarimizga ham singdirish kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Prezident ustalarning milliy hunarlarni maktablarda o‘rgatish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Mutasaddilarga turizm salohiyatini oshirish, uni targ‘ib etishda kinodan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Marg‘ilon shahriga «Jahon ipak va ikat hunarmandlari shahri» maqomi berilgandi. Bunday maqomga Buxoro zardo‘zlik, Qo‘qon yog‘och o‘ymakorligi bo‘yicha sazovor bo‘lgan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Bu yo‘nalishlar yo‘qolib ketishiga oz qolgandi—Prezident | Zamon.uz