Chiptasiz chaqaloq aeroportda tashlab ketildi
Ota-ona uni ro‘yxatga olish stoli oldida tashlab ketgan

Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroportida bolasini qoldirib ketgan ota-ona qo‘lga olindi.
Belgiyalik juftlik chaqaloqni ro‘yxatga olish stoli oldida tashlab ketgan.
Reysga kiritish paytida ular bola uchun chipta olmaganini bilib qolishadi va chaqaloq aravachasini shu holicha tashlab ketadi.
Aeroport xodimlari bu vaziyatdan so‘ng politsiyaga xabar qilgan.
Ryanair aviakompaniyasi vakilining aytishicha, shu paytgacha bunday holat kuzatilmagan.








