Fargʻonada Burhoniddin Margʻiloniy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tashkil etiladi
Ayni vaqtda Prezident rasmiy tashrif bilan Fargʻona viloyatida bo'lib turibdi.

Hozirda Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona viloyatining Qoʻshtepa tumanida respublika paxta-toʻqimachilik klasterlari rahbarlari bilan muloqot qilmoqda.
Davlat rahbari soʻzining avvalida madaniyat va sanʼat sohasiga toʻxtalib oʻtdi.
“Islom diniga katta hissa qoʻshgan Burhoniddin Margʻiloniy xalqaro ilmiy tadqiqot markazini tashkil qilmoqchimiz. Juda koʻp yoshlarimiz tomonidan koʻplab tadqiqotlar olib borilyapti. Yoshlarimizga, xalqimizga tariximizni chuqurroq oʻrgatish uchun ajdodlarimizning qilgan ishlarini oʻrganishimiz zarur. Men oʻylayman, bunday markaz bugungi zamonda juda muhim ahamiyatga ega boʻladi”, — deydi prezident.







