O'zbekiston

Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Oqibatda bir kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

 

Bugun, 2-fevral kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida uchta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat  yuzasidan shahar IIBB YHXB maʼlumot berdi.

 

Hodisa soat 13:30 atrofida Mirobod tumanining Tolimarjon ko‘chasida “Elektroapparat” zavodi ro‘parasida yuz bergan. To‘qnashuv 2000 yilda tug‘ilgan K.Yu. boshqaruvida bo‘lgan Labo rusumli transport vositasi hamda 2003 yilda tug‘ilgan U.M. boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinalar ishtirokida sodir bo‘lgan.

 

Zarba natijasida Matiz rusumli avtomashina boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 1988 yilda tug‘ilgan A.K.ga tegishli Spark rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan.

 

Labo haydovchisi harakatlanish ustuvorligiga ega bo‘lgan Matiz rusumli avtomashina haydovchisiga yo‘l bermay, burilish manyovrini amalga oshirgani hodisaga sabab bo‘lgan.

 

To‘qnashuv natijasida Labo haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi | Zamon.uz