O'zbekiston

Xususiy tibbiyotga sharoit yaratganimiz o‘zini oqladi—Prezident

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onadagi tibbiyot markaziga tashrif buyurdi.

Xususiy tibbiyotga sharoit yaratganimiz o‘zini oqladi—Prezident

 

Bugun, 2-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahridagi “Meridian” tibbiyot markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

 

Tibbiyotda xususiy sektorga imkoniyat berilgani raqobat va sifatni oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Farg‘ona viloyatida bunday muassasalar 720 taga yetdi. Ulardan biri Farg‘ona shahridagi “Meridian” tibbiyot markazidir. 

 

Prezident bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

 

2021 yil dekabrda foydalanishga topshirilgan klinika zamonaviy tashxis va davolash xizmatlari ko‘rsatib kelmoqda. Buning uchun Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoydan zamonaviy uskunalar keltirilgan. Shifoxona 120 ta statsionar o‘ringa, yiliga 2 mingta jarrohlik amaliyotini o‘tkazish quvvatiga ega.

 

Eʼtiborlisi, o‘tgan yili tibbiyot markazi huzurida universitet ham ochildi. Hozir 600 nafar talaba o‘qimoqda, ularga chet ellik o‘qituvchilar saboq berayotir. Talabalar tibbiyot markazida amaliyot o‘taydi.

 

Shu tariqa bu muassasa zamonaviy klinikalar, tashxis markazlari, laboratoriyalar va universitetni o‘zida birlashtirgan tibbiyot klasteriga aylandi.

 

Davlat rahbari shifokorlar bilan suhbatlashdi.

 

“Xususiy tibbiyotga sharoit yaratganimiz o‘zini oqladi, buni aholi qabul qildi. Chunki odamlarimiz yaxshi yashashga intilyapti, o‘z sog‘lig‘iga qarayapti. Aholi daromadini oshirish bo‘yicha qilayotgan hamma harakatlarimiz aslida shuning uchun - xalqimizning sog‘lom va farovon yashashi uchun”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Klinikaning intervension kardiologiya, kardioxirurgiya, transplantologiya, radiologiyani yo‘lga qo‘yish borasidagi loyihalari haqida maʼlumot berildi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Xususiy tibbiyotga sharoit yaratganimiz o‘zini oqladi—Prezident | Zamon.uz