Jahon

AQSH kuchli muz bo‘roni ichida qoldi

Texasda 350 mingdan ortiq odam elektrsiz qoldi. Parvozlar bekor qilingan.

AQSH kuchli muz bo‘roni ichida qoldi

 

Dushanba kuni boshlangan kuchli va uzoq davom etgan muz bo‘roni Texasning bir qismini konkida uchish maydonchasiga aylantirdi. Bir necha kishi ofat qurboniga aylangan, elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilgan, minglab reyslar bekor qilingan. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.

 

Chorshanba kuni tushdan keyin Texasda 350 mingdan ortiq odam elektrsiz qoldi. Qurbonlar soni ortishi kutilmoqda. Chunki payshanba kuni ertalabdan bo‘ron yana-da kuchaygan. Milliy ob-havo xizmati muz bo‘roni (muzli yomg‘ir, qor va sovuq havo aralashmasi) shtat bo‘ylab harakatlanishni deyarli imkonsiz qiladi, deb ogohlantirmoqda.

 

Texas gubernatori Greg Ebbott seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida:

 

«Shtatdagi elektr taʼminotidagi uzilishlarning ko‘pchiligi elektr uzatish liniyalarining muz bilan qoplanishi tufayli sodir bo‘lgan», — dedi.

 

The Washington Post xabariga ko‘ra, Texasda 13 millionga yaqin kishi muz bo‘ronidan jabr ko‘rgan: Dallas, Fort-Uort, Abilin, Midlend Odessa va San-Anjelo aholisi, shular jumlasidan. Tabiiy ofat Arkanzasdagi Hot Springs, Payn Blaff va Littl- Rock shaharlariga, shuningdek, Tennessi shtatidagi Memfis hamda Jeksonga ham taʼsir ko‘rsatdi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

AQSH kuchli muz bo‘roni ichida qoldi | Zamon.uz