“Arqadag‘”ga yangi haykal o‘rnatildi
Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedovga bag‘ishlangan yangi haykal Axal viloyatida joylashgan.

Turkmanistonda Gurbanguli Berdimuhammedov sharafiga “Arqadag‘” haykali ochildi. U Axal viloyatidagi Arqadag‘ shahrida o‘rnatilgan.
“Haykalning balandligi 43 metr. Millat yetakchisining 11 metrlik skulpturasi kolonna ustida joylashgan” – deyiladi "Neytralniy Turkmenistan" xabarida.
Haykalning pastida diametri 65 metrlik favvora qurilgan. Ushbu asar muallifi Turkmaniston xalq rassomi Saragt Boboyev bo‘lgan. U bundan oldin ham Berdimuhammedovga bag‘ishlangan haykal qurgan.







