Fransiya Rossiya bilan urush holatida emasligini aytdi
Avvalroq RF tashqi ishlar vazirligi Emmanuel Makronning harakatlarini tanqid qilgandi.

Fransiya va NATO Rossiya bilan urushmayapti. Bu haqda Fransiya TIV bayonotida so‘z boradi.
Bundan oldin RF tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Emmanuel Makronni qurol yetkazib berish siyosatini keskin tanqid qilgandi. Bayonotda aytilishicha, eskalatsiya faqat Rossiya tomonidan bo‘lmoqda.
"Bir necha bor taʼkidlaganimizdek, Rossiya bilan urush holatida emasmiz. NATO bo‘yicha hamkorlar RF bilan urushmayapti", — deyiladi TIV rasmiy vakili bayonotida.
30 yanvar kuni Makron Kiyevga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishni istisno qilmagandi. Shu bilan birga bu bir qator shartlar bajarilgan taqdirdagina amalga oshirilishi taʼkidlangan.







