Jahon

Fransiyadagi pissa oshpazi 16 yildan beri qochib yurgan “mafiya” ekani aniqlandi

U 1991-yil yanvar oyida ikkita qotillik va 1991-yil iyul oyida qotillikka urinish uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Fransiyadagi pissa oshpazi 16 yildan beri qochib yurgan “mafiya” ekani aniqlandi

 

Interpol Fransiya sharqidagi Sent-Etyen shahrida 16 yil davomida qochib yurgan “mafiya” qo‘lga olingani haqida xabar berdi, deb yozadi Euronews agentligi.

 

Kalabriya mafiyasining «Ndrangeta» laqabi bilan tanilgan 63 yoshli Edgardo Greko payshanba kuni ertalab hibsga olindi.

 

U 1991 yil yanvar oyida ikkita qotillik va 1991 yil iyul oyida qotillikka urinish uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

 

Fransiya politsiyasi Grekoni ikki hamkor davlatning I-Can loyihasi doirasida (Interpolning Ndranghetaga qarshi hamkorligi) bir qismi sifatida italyan karabineri tomonidan baham ko‘rilgan maʼlumotlarga asoslanib hibsga oldi.

 

Italiya ichki ishlar vaziri Matteo Piantedosi ushbu muhim qo‘shma operatsiyadan juda mamnun ekanini bildirdi.

 

Italiyaning AGI axborot agentligi xabariga ko‘ra, Greko Sent-Etyendagi pissaxonada Paolo Dimitri ismi bilan pissa oshpazi bo‘lib ishlagan.

 

Taxminlarga ko‘ra, u o‘zi yashagan Kozensa shahridagi eng muhim Perna-Pranno klanining aʼzosi bo‘lgan.

 

O‘tgan oy karabinerlar Sitsiliyaning Palermo shahrida 30 yildan beri yashirinib yurgan italiyalik mafiya Matteo Messinu Denaroni hibsga olishgan edi.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"