O'zbekiston

Nukus voqealari bo'yicha navbatdagi ochiq sud majlisi o'tkaziladigan sana ma'lum bo'ldi

Sud majlisini OAV vakillari videokonferensaloqa tarzida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishi mumkin bo‘ladi.

Nukus voqealari bo'yicha navbatdagi ochiq sud majlisi o'tkaziladigan sana ma'lum bo'ldi

 

2022 yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan  

 

2023-yil 6-fevral kuni soat 10.00 da Buxoro viloyat sudi binosida 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.

 

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Dauletbay Razov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqiladi.

 

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar A. Mыrzambetov, D. Nadirbayev, P. Yesengeldiyev, K. Yeshjanov, M. Pirlepesov, A. Sariyev, N. Bauyetdinov, A. Sharapov, O. Mamutov, R. Dosыmbetov, A. Allanazarov, N. Duysenbayev, K. Bekpolatov, R. Baimbetov, Q. Baxiyev, I. Saparov, A. Omirzakov, N. Baylepesov, A. Jumabekov, N. Xabipov, Z. Pirjanov, Z. Tadjimuratov, O. Dosnazarov, T. Ismailov, I. Polatov, Sh. Ashirbekov, D. Ramanov, R. Sultaniyazov, A. Xojanazarov, Ye. Qanaatov, O. Kurbanov, R. Jumabayev, A. Naurыzbayev, N. Genjebayev, I. Aitmuratov, A. Yesemuratov, K. Begaliyev, M. Raxmanov, A. Seytmuratov Jinoyat kodeksining 104, 166, 244, 244-1 va 247-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

 

Barcha sudlanuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Sud jarayoni ochiq tarzda o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun sud majlislarini videokonferensaloqa vositasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishga mo‘ljallangan hamda barcha texnik sharoitlar yaratilgan matbuot zali tashkil etilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Nukus voqealari bo'yicha navbatdagi ochiq sud majlisi o'tkaziladigan sana ma'lum bo'ldi | Zamon.uz