OAV: AQSH razvedkasi rahbari Ukraina hududlari evaziga Rossiyaga urushni tugatishni taklif qilgan
Oq uyda nizoni yakunlash bo‘yicha qarama-qarshi fikrlar borligi aytilmoqda.

Yanvar o‘rtalarida AQSH razvedkasi rahbari Uilyam Byorns Kiyev va Moskvaga borgan. U tomonlarning muzokaralarga tayyorligini baholashi kerak bo‘lgan.
Shveysariyaning Neue Zürcher Zeitung nashrining nemis amaldorlariga tayanib bergan maʼlumotlariga ko‘ra, Berns hudud evaziga tinchlik variantini taklif qilgan. Xususan, Rossiyaga Ukrainaning 20 foiz hududi hisobiga urushni tugallash varianti berilgan bo‘lishi mumkin. Ukraina hududiy yon berishlarga rozi bo‘lmagan. Moskva esa uzoq istiqbolda g‘alaba qozonish va yana-da yirik yerlarni egallashiga ishongan.
Manbalar Oq uyda urushni tugallash bo‘yicha bahslar ketayotganini taʼkidlashgan. MRB boshlig‘i va Baydenning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan nizoni tezroq tugatish va Xitoy masalasiga eʼtibor berishga chaqirmoqda. Aksincha, Davlat departamenti boshlig‘i Entoni Blinken va mudofaa vaziri Lloyd Ostin Rossiyaning xalqaro xavfsizlik tizimini yo‘q qilishiga qarshi chiqqan. Ular Kiyevni yana-da faolroq qo‘llab-quvvatlash tarafdori.
Ayrim maʼlumotlariga ko‘ra, Ukraina berilgan takliflarni inkor etgach, janob Bayden Abrams tanklarini berishga rozi bo‘lgan.
Qayd etish lozimki, Bernsning Moskvaga tashrifi xaqida yanvarda hech qanday maʼlumot berilmagandi.







