O'zbekiston

Prezidentning Namangan viloyatiga tashrifi boshlandi

Davlat rahbari yiliga 1 million dona kostyum-shim ishlab chiqarayotgan korxona faoliyati bilan tanishdi.

Prezidentning Namangan viloyatiga tashrifi boshlandi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi Davlatobod tumanidagi “Fazman tekstil” korxonasidan boshlandi.

 

Davlatimiz rahbari har doim mahsulot chiqarishdan oldin bozorini topish, jahon brendlarini olib kelish zarurligini taʼkidlaydi. Xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhiti natijasida Namangan viloyatida “Waikiki”, “Baldessarini”, “ZARA” kabi brendlar ostida kiyimlar ishlab chiqarilmoqda.

 

Yaqinda ochilgan “Fazman tekstil”da ham ish shundan boshlandi - Germaniyaning dunyoga mashhur “Hugo boss” brendi bilan hamkorlik o‘rnatildi.

 

Loyiha qiymati 20 million dollar bo‘lib, buning hisobidan ulkan inshoot barpo etildi, Germaniya va Turkiyadan zamonaviy uskunalar olib kelindi. Mingga yaqin ish o‘rni yaratildi.

 

Korxona yiliga 1 million dona kostyum-shim ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ular brend talablariga mosligi bois xushbichim va yuqori sifatli. Joriy yilning o‘zida 15 million dollarlik eksport qilish rejalashtirilgan.

 

Davlatimiz rahbari ish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Mahsulotlar sifati va eksport salohiyatini yuqori baholadi. Korxonada tashkil etilgan o‘quv markazida Prezidentimiz yoshlar bilan birgalikda suratga tushdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezidentning Namangan viloyatiga tashrifi boshlandi | Zamon.uz