Kanada rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy qildi
Ular yolg‘on axborot va propagandada ayblanmoqda.

Kanada hukumati juma kuni RFga qarshi choralar doirasida jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy etilganini eʼlon qildi.
“Kanada 38 nafar jismoniy va 16 yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar kiritib, ularni dezinformatsiya va tashviqot uchun javobgarlikka tortmoqda”, — deyiladi Kanada tashqi ishlar vazirligi matbuot bayonotida.
O‘tgan yilning dekabr oyida Kanada hukumati RF Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Tergov qo‘mitasi va Markaziy saylov komissiyasiga, shuningdek, Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmatiga qarshi sanksiyalar kiritgandi. Bunga javoban Moskva 200 nafar Kanada fuqarosining Rossiyaga kirishini yopib qo‘yganini eʼlon qildi.







