O'zbekiston

Parkentda avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etdi

Rasmiylar baxtsiz hodisa sabablarini maʼlum qildi.

Parkentda avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etdi

 

Toshkent viloyatining Parkent tumanida avtokran qulab tushishi oqibatida mashinist vafot etdi. Holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ maʼlumot berdi.

 

Baxtsiz hodisa yukni bir nechta kranlar bilan ko‘tarish asosida amalga oshirilmaganligi sababli ro‘y bergan. Avtokranining og‘ib ketishi oqibatida mashinist tan jarohatlar va zudlik bilan Parkent tumani shifoxonasiga yotqizilgan. Og‘ir jarohatlar olganligi sababli u shifoxonada vafot etgan.

 

Taʼkidlanishicha, “Ko‘prikqurilish tresti”ga qarashli “13-Ko‘prikqurilish otryadi” “QYL-yo‘l ko‘prik qurilish taʼmir” MCHJ bilan shartnoma imzolagan. Ushbu hujjatda buyurtmachi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini kunlik tibbiyot ko‘rigidan o‘tkazishi va mehnat muhofazasi tadbirlarini o‘tkazish lozim bo‘lgan band alohida ko‘rsatib o‘tilgan. MCHJ tomonidan shartnoma bandlariga rioya qilinmagani, yaʼni muntazam ravishda xavfsizlik choralarini ko‘rmaganligi sababli ushbu  baxtsiz hodisa ro‘y bergan.

 

“Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa Toshkent viloyati mehnat inspeksiyasi, mutaxassislari tomonidan maxsus tekshirish o‘tkaziladi va ularning xulosalari huquq targ‘ibot organlariga taqdim etiladi”, — deyiladi xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Parkentda avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etdi | Zamon.uz