AQSH Xitoy havo sharini urib tushirdi (video)
Aerostat bir sutka butun Amerikani “bezovta qildi”.

AQSH o‘z havo hududidagi Xitoy aerostatini urib tushirdi. Shaxsan Jozef Baydenning o‘zi bu bo‘yicha buyruq bergan.
Buning uchun mamlakat sharqidagi ayrim hududlarda parvozlar vaqtincha taqiqlandi. Xavoga F-22 F-15 qiruvchi samolyotlari ko‘tarilgan.
Havo shari Janubiy Karolina qirg‘oqlarida, Atlantika okeanida urib tushirilgan. Uning qoldiqlari yig‘ilib, ekspertizaga jo‘natiladi.
Ma’lumot o‘rnida: 3 fevral kuni Amerika osmonida aerostat aniqlandi. Pentagon u Xitoyga tegishli ekanini va razvedka maqsadlarida ishlatilganini ma’lum qilgan. Pekin shar xaqiqatdan xam unga tegishli ekanini aytgan, ammo u tadqiqot maqsadida ishlatilganini ta’kidlagan.








