Xitoy havo shari urib tushirilganidan norozi
Pekin buni “mutlaqo tasodif” ekanini daʼvo qilmoqda.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSH ularning havo sharini urib tushirganidan “qattiq norozilik” bildirdi.
“Xitoy tomoni havo shari fuqarolik maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallanganini va fors-major holatlar tufayli AQSH hududiga kirgani haqida Amerika tomonini bir necha bor xabardor qilgan. Bu mutlaqo tasodif edi”, — deyiladi TIV bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, havo sharining aniqlanishi diplomatik inqirozga sabab bo‘lgan, natijada AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyga safarini bekor qilgandi.








