Jahon

Erdog‘an zilzila oqibatida 1000 ga yaqin kishi halok bo‘lganini maʼlum qildi

Turkiya prezidenti mamlakat janubi-sharqida yuz bergan zilzilani 1939 yildan buyon ro‘y bergan eng yirik fojia deb atadi.

Erdog‘an zilzila oqibatida 1000 ga yaqin kishi halok bo‘lganini maʼlum qildi

 

Turkiya prezidenti mamlakat janubi-sharqida yuz bergan zilzilani 1939 yildan buyon ro‘y bergan eng yirik fojia deb atadi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 912 kishi qurbon bo‘lgan, 5 385 kishi jabrlandi. 2 800 dan ortiq uylar vayron bo‘ldi. Hozirda 9 mingdan ortiq kishi qidiruv- qutqaruv ishlariga jalb etilgan.

 

Biroz avval O‘zbekistondan ham Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, gumanitar yordam hamda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh qutqaruvchilari jo‘natilishi maʼlum qilindi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Erdog‘an zilzila oqibatida 1000 ga yaqin kishi halok bo‘lganini maʼlum qildi | Zamon.uz