Moskva va Vashingtonning Ukraina masalasida muloqoti bormi?
So‘z Rossiya TIVga.

Moskvaning Vashington bilan Ukraina masalasida muloqoti yo‘q. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov maʼlum qildi.
Diplomat o‘tgan hafta tarqalgan xabar — AQSH markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Byornsning Moskvaga tashrifi haqida xabardor emasligini aytgan. U ushbu xabarlarni yolg‘onligini iddao qilgan.
“Bizning Amerikaliklar bilan Ukraina mavzusida muloqotimiz yo‘q”, – degan TIV vakili.
Bundan avval Oq uy ham Byornsning Moskvaga safari haqidagi xabarlarni rad etgandi.







