Rim papasi Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyor
Uning maqsadi — urushni to‘xtatish.

Rim papasi Fransisk Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qilishga tayyor.
“Men ikkala prezident ham uchrashishga tayyorman”, — dedi Fransisk Rossiya va Ukraina yetakchilari bilan tinchlik masalasini muhokama qilish imkoniyati haqidagi savolga javob berar ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra,Moskvaga tashrifning imkoni bo‘lmagani uchungina u Kiyevga ham bormagan.
"Men urushning ikkinchi kunida Rossiya elchixonasiga borib, Putin bilan gaplashish uchun Moskvaga borishni xohlayotganimni aytdim. Keyin vazir Lavrov buni qadrlashini aytdi. , lekin bu masala keyinroq ko‘rilishi aytdi", — dedi Papa.
Avvalroq Rim Papasi bir necha bor Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi bo‘lishga tayyorligini aytgandi.







