Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga hamdardlik bildirdi
Shuningdek, davlatimiz rahbari zilzila oqibatida jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
"Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odam qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar ko‘rilgani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik yo‘lladi.
Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur taʼziya izhor etib, davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi", — deyiladi xabarda.







