Turkiya markazida ham 7,7 balli zilzila kuzatildi
Zilzila kuchi eng ko‘p poytaxt Anqarada sezildi.

Turkiyaning markaziy qismida mahalliy vaqt bilan 13:24 da yana bir 7,7 balli zilzila qayd etildi. U tonggi zilzila markazi Kaxramanmarashdan shimoli-sharqda 59 km masofada 2 km chuqurlikda yuzaga kelgan.
Yangi silkinishlar Suriyaning Damashq, Latakiya, Idlib, Aleppo, Xama, Raqqa,va boshqa provinsiyalarida ham sezilgan.
Zilzila Turkiya poytaxti Aqara hamda Adana va Malata, Van shaharlarida eng ko‘p sezildi.
Zilziladan so‘ng 32 ta aftershok qayd etilgan, ulardan eng kuchlisi 6,6 ball.
Biroz avval Turkiya prezidenti mamlakat janubi-sharqida yuz bergan zilzilani 1939 yildan buyon ro‘y bergan eng yirik fojia deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 912 kishi qurbon bo‘lgan, 5 385 kishi jabrlandi. 2 800 dan ortiq uylar vayron bo‘ldi. Hozirda 9 mingdan ortiq kishi qidiruv- qutqaruv ishlariga jalb etilgan. Ammo prezident qayerda qurbonlar soni o‘sishini taxmin qilib bo‘lmasligini ham bildirdi.







