Xitoy havo sharlari Tramp davrida ham AQSH havo hududiga kirgan—Bloomberg
Biroq bu maʼlumotlar Bayden davrida maʼlum bo‘lgan.

Xitoy sharlari AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati davrida kamida uch marta Qo‘shma Shtatlar tepasida uchragan. Bu haqda «Bloomberg» agentligi yozmoqda.
Qayd etilishicha, Xitoy razvedka havo sharlari Amerika Qo‘shma Shtatlari kontinental hududi ustidan kamida uch marta uchgan, biroq bu haqdagi maʼlumotlar Oq uyga Jo Bayden kelishidan keyingina maʼlum bo‘lgan.
Xitoy TIV vakilining aytishicha, Xitoy sharining maqsadi fuqarolik xarakteriga ega. Undan zond, xususan, meteorologik tadqiqotlar uchun foydalaniladi.








