Yangiyo’ldagi “zapravka”da HOWO yonib ketdi
FVB hodisa oqibatlarini maʼlum qildi.

Kecha, 6 fevral kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida HOWO avtomashinasi yonib ketdi. Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 21:29 da Yangiyo‘l tumani “Qoratepa” MFYdagi AGQSH hududida «HOWO» yuk mashinasi yonayotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar tushgan.
Zudlik bilan tuman voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 21:38 da yetib borib, yong‘in soat 21:42 da qurshab olingan va 22:00 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.








