2022 yilda Shimoliy Koreya xakerlari qancha pul o‘g‘irladi?
O‘g‘irlangan pullarning aksariyati yadro dasturiga sarflangani aytilmoqda.

O‘tgan yili Shimoliy Koreya xakerlari $1 milliard o‘g‘irlagan. Bu haqda BMTning maxsus hisobotida so‘z boradi.
Hisobot mualliflarining fikricha, ushbu mablag‘ harbiy maqsadlarda, xususan, yadro dasturida sarflangan. Bundan tashqari, kiberjinoyatchilar KXDR razvedka boshqarmasini nazoratga olgani va ularning ish metodlari “noziklashgan”i qayd etilgan.
2022 yilda Shimoliy Koreya 73 ta ballistik raketa uchirdi. AQSH maʼlumotlariga ko‘ra, mamlakat istalgan paytda navbatdagi yadro sinovlarini o‘tkazishi mumkin.







