Ayrim davlat bojlari narxi o‘zgaradi
Hukumatning tegishli qonuniga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi.

“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi.
Jumladan, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:
- Haydovchilar tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha litsenziya uchun BHMning 10 baravari (3 mln so‘m) miqdorida davlat boji undiriladi.
- Shuningdek, haydovchilarni tayyorlash uchun litsenziyani Ichki ishlar vazirligi berishini inobatga olgan holda boshqa nodavlat taʼlim faoliyatini litsenziyalash ustunida (29-ustun) haydovchilarni tayyorlash istisno ekanligi belgilab o‘tildi.







