Hushidan ketgan haydovchi ayol mashinasi to‘xtatib qolindi
Holat AQSHda sodir bo‘lgan.

Amerikaning Massachusets shtatidagi Lourens shahrida yashovchi fuqaro yurib ketayotgan mashinaga yetib oldi va hushidan ketayotgan ayol haydovchi ayolni qutqarib qoldi.
25 yoshli Adolfo Molina asli Dominikan Respublikasidan, biroq oilasi bilan Lorensda besh yildan beri yashaydi. Erkak Uber haydovchisi. U bir mashina g‘alati trayektoriya bo‘ylab harakatlanayotganini payqab qoldi va ruldagi odam hushidan ketganini taxmin qildi.
Haydovchi mashinasidan yugurib chiqib, yo‘lning to‘rtta chizig‘idan o‘tishga va harakatlanayotgan mashinaga yetib olishga harakat qildi. Guvohlar tomonidan olingan kadrlarda erkakning ko‘k rangli mashina eshigini ochishga uringani va yordam chaqirayotgani aks etgan. Ko‘p o‘tmay avtomobil beshikast to‘xtatildi.







