Rossiyada turar-joy binosining kirish qismi qulab tushdi
Binoda portlash yuz bergan.

Tula viloyatining Yefremov shahrida besh qavatli turar-joy binosida yuz bergan portlash tufayli kirish qismi qulab tushdi. Bu haqda «Interfaks» nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hozirgacha 5 kishi qutqarib olingan va yana ikki kishi vayronalar ostida qolmoqda. Portlashga gaz sizib chiqishin sabab bo‘lgan deb taxmin qilinyapti.
Voqea joyida maxsusu guruh ish olib bormoqda.








