Toshkentda 20 yoshli yigit ehson qutisini o‘g‘irladi
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida nomaʼlum shaxs do‘kon yoniga o‘rnatilgan xayriya qutisini o‘g‘irlayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan shahar IIBB axborort xizmati maʼlumot berdi.
Hodisa 2 fevral kuni soat 00:47 larda Olmazor tumanining Qo‘shtut mahallasida yuz bergan. 20 yoshli y. ismli shaxs do‘kon yoniga o‘rnatilgan ehson qutisini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu shaxs aniqlanib, qo‘lga olingan.
Hozirda tergov davom etmoqda.








