O‘tgan yili 4 mingdan ortiq kishi Rossiya fuqaroligidan voz kechdi
Ular orasida qator milliarderlar ham bor.

2022-yilda Rossiya Ukrainaga qarshi harbiy harakat boshlaganidan keyin 4306 kishi RF fuqaroligidan voz kechgan, ulardan atigi 40 nafari mamlakatda, qolganlari xorijda. Bu diplomatik vakolatxonalar va konsullik idoralarining maʼlumotlari hisoblanadi.
Taqqoslash uchun: 2020-yilda 3877 kishi Rossiya fuqaroligidan bosh tortgan bo‘lsa, 2021-yilda – 4055. Lekin 2019-yilda 2022-yilga nisbatan ko‘proq: 4356 nafar rad etish bo‘lgan.
Yanvar oyi oxirida Ichki ishlar vazirligi mamlakatda atigi 40 kishi Rossiya fuqaroligidan voz kechgani haqida xabar bergan edi.
Yanvar o‘rtalarida RFning Estoniyadagi elchixonasi rossiyaliklarning fuqarolikdan chiqish to‘g‘risidagi arizalarini qabul qilishni to‘xtatayotganini eʼlon qildi va buni Estoniya rasmiylari iltimosiga ko‘ra konsullik xodimlari sonining to‘rt barobardan ko‘proq qisqarishi bilan izohladi. Biroq 6-fevral kuni elchixona Rossiya fuqaroligidan chiqish bo‘yicha arizalarni qabul qilish qayta boshlanganini maʼlum qildi.
RF fuqarolari davlat oldidagi bajarilmagan majburiyatlari bo‘lmasa, fuqarolikdan voz kechishlari mumkin - to‘lanmagan soliqlar, harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash va jinoiy ishlar hisobga olinadi.
2022-yilda taniqli tadbirkorlar Oleg Tinkov, Yuriy Milner, Nikolay Storonskiy va Ruben Vardanyan Rossiya fuqaroligidan voz kechgandi.







