Jahon

“Shimoliy oqim”ni AQSH portlatgan—AQSH jurnalisti

Boltiq dengizidagi gaz o‘tkazgichlar 2022-yil kuzida ishdan chiqqandi.

“Shimoliy oqim”ni AQSH portlatgan—AQSH jurnalisti

 

Amerikalik taniqli jurnalist Seymur Xershning taʼkidlashicha, 2022-yilning yozida amerikalik g‘avvoslar NATO mashg‘ulotlari niqobi ostida “Shimoliy oqim” ostiga portlovchi moddalar qo‘ygan va norvegiyaliklar ularni faollashtirgan.

 

Uning yozishicha, Jo Bayden ichki xavfsizlik guruhi bilan 9 oydan ortiq davom etgan maxfiy muzokaralardan so‘ng portlash qarorini shaxsan maʼqullagan.

 

Seymur Xersh — Amerikaning Vyetnam urushidagi jinoyatlari bo‘yicha surishtiruvlar o‘tkazgani uchun Pulitser mukofoti bilan taqdirlangan eng mashhur amerikalik jurnalistlardan biri. Shuningdek, uning maqolasi Abu Greyb qamoqxonasida amerikalik harbiylarning iroqlik mahbuslarga shafqatsiz munosabati bilan bog‘liq janjalni boshlab bergandi.

 

Keyinchalik bu xabarlar AQSH rasmiylari tomonidan rad etildi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Shimoliy oqim”ni AQSH portlatgan—AQSH jurnalisti | Zamon.uz