Turkiyada yana 2 o‘zbekistonlik qutqarildi
Ular binolar ostidan qutqarib chiqarilgan.

Turkiyaning zilzila yuz bergan hududlaridan ikki nafar o‘zbekistonlik fuqaro qutqarildi. Bu haqda “Yangi O‘zbekiston” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 1982 yil Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug‘ilgan fuqaro Shotirbekova Asal Hatay viloyatida binolar orasidan qutqarib chiqarildi. Hozirda ilk yordam ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Akramjon Xoshimov Malatya viloyatida vayronalar ostidan qutqarib olindi va hozirda shifoxonada davolanmoqda.








