Jahon

Xitoy Osiyo davlatlarida ham josus sharlar uchirgan—AQSH razvedkasi

Bu orqali harbiy infratuzilmalar maʼlumoti yig‘ilgan.

Xitoy Osiyo davlatlarida ham josus sharlar uchirgan—AQSH razvedkasi

 

Xitoy bir necha yillardan beri razvedka sharlari orqali Osiyo mamlakatlaridagi harbiy inshootlar haqida maʼlumot to‘plagan. Bu haqda AQSH razvedkasi xabar qilmoqda.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, XXR armiyasi keng qamrovli kuzatuv dasturi doirasida beshta davlatda havo sharlaridan foydalangan.

 

Pekin Yaponiya, Hindiston, Vetnam, Filippin va Tayvandagi harbiy infratuzilma haqida maʼlumot to‘plash uchun aerostatlarni ishlatgan.

 

“Xitoyliklar nihoyatda eski texnologiyani olib, uni zamonaviy aloqa va kuzatuv bilan birlashtirdi”, — deyiladi xabarda.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"