Yangi Zelandiyada $316 millionlik kokain partiyasi topildi
Politsiya 2 oy narkotik moddalarni qidirgan.

Yangi Zelandiya bojxona xizmati 316 million dollarlik kokain partiyasini to‘xtatib qoldi. Narkotiklar Tinch okeani qirg‘oqlarida topilgan, ammo uning qayerdan kelgani maʼlum emas.
Politsiya bilan o‘tkazilgan amaliyot Hydros deb atalgan. U 2022 yil dekabrida boshlangan. Yakunda kokain ortilgan 81 tyuk aniqlandi. Giyohvand moddalarni Avstraliyaga yetkazish kerak bo‘lgan.
Narkotik partiyasi arqon bilan o‘ralgan. Uning umumiy hajmi 3.2 tonna bo‘lgani aytilmoqda. Ayrim tyuklarda Betmen surati topilgan.







