O'zbekiston

«Toshkent otchopari»da otlarga qirg‘in keldimi?

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi axborot xizmati maʼlumot berdi.

«Toshkent otchopari»da otlarga qirg‘in keldimi?

 

Ippodromdagi otlar ozuqa yetishmasligidan nobud bo‘lgan. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi axborot xizmati maʼlum qildi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan «Toshkent otchopari» aksiyadorlik jamiyatiga tegishli otxonada sodir bo‘lgan voqealar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan batafsil o‘rganilgan.

 

O‘rganishlar davomida mazkur otxona veterinariya sanitariya ko‘rigidan o‘tkazildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha,  «Toshkent otchopari» aksiyadorlik jamiyati otxonasining voqea sodir bo‘lgan uchta bo‘lmasi fuqaro Qodir Sodiqovga ijaraga berilgan va u bu yerda 14 bosh ot saqlagan.  Otlarga yollanma veterinariya xizmati ko‘rsatilmagan. Yetarli va zaruriy ozuqa jamg‘arilmagan. Noto‘g‘ri oziqlantirish natijasida 2 bosh oti nobud bo‘lgan, qolganlari o‘ta ozg‘in holatga kelib qolgan.

 

Qayd etilishicha, «Toshkent otchopari» aksiyadorlik jamiyatida Ichki ishlar vazirligining 60 bosh, Milliy gvardiyaning 18 bosh, fuqarolarga tegishli 72 bosh, jami 150 bosh ot saqlanadi.

 

Mazkur otlar veterinariya xizmati tomonidan kuydirgi kasalligiga qarshi emlangan. Brutsellyoz kasalligiga qon namunalari, gelmintlarga qarshi axlat namunasi olinib, diagnostik tekshirish uchun Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga topshirilgan va diagnostik tekshiruvdan o‘tkazilgan.

 

Tekshiruvlar natijasida otlarda yuqumli va xavfli kasalliklar aniqlanmagan.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

«Toshkent otchopari»da otlarga qirg‘in keldimi? | Zamon.uz