O'zbekiston

Toshkentda 10 ming o‘rinli parkomatlar tashkil qilinadi

Shuningdek, 25 ta ko‘chada avtobuslar uchun alohida yo‘laklar tashkil etiladi.

Toshkentda 10 ming o‘rinli parkomatlar tashkil qilinadi

 

Toshkent shahriga 1 aprelga qadar qo‘shimcha 1 mingta avtobus olib kelinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxt jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokidagi yig‘ilishda maʼlum qildi.

 

Yig‘ilishda poytaxt jamoat transporti sohasida olib borilayotgan va rejalashtirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

 

“Mana, bugun yangi metro stansiyalarini borib ko‘rdik. Yangi liniyada jami 7 ta stansiyalar ishga tushganidan keyin, metroda kunlik yo‘lovchilar soni 1 millionga chiqadi”, — dedi davlat rahbari.

 

Shaharda tirbandlikni qisqartirish, odamlarning uzog‘ini yaqin qilishga qaratilgan bu ishlar davom ettirilishi taʼkidlandi. Jumladan:

 

— 1 aprelga qadar qo‘shimcha 1 mingta avtobus olib kelinadi;

— 25 ta ko‘chada avtobuslar uchun alohida yo‘laklar tashkil etiladi;

— yil yakunigacha 233 ta chorrahadagi svetoforlarni yo‘lovchi oqimiga qarab boshqarish tizimi joriy qilinadi;

— 20 ta oqim yuqori ko‘chalarda xususiy sheriklik asosida jami 10 ming o‘rinli parkomatlar tashkil qilinadi;

— Chilonzor, Yunusobod va Yashnobod tumanlaridagi shaharga olib kiruvchi 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar tashkil qilinib, tayyor biznes sifatida auksionga chiqariladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda 10 ming o‘rinli parkomatlar tashkil qilinadi | Zamon.uz