Toshkentda “Suv taʼminoti” xodimi nosozlikni bartaraf etish paytida vafot etdi
Hozirda holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Kecha, 8 fevral kunt Toshkent viloyatining Olmazor tumanida “Suv taʼminoti” xodimi tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
“Suv taʼminoti” xodimlari aholining murojaatiga asosan, Olmazor tumani “Universitet” mahallasida 600 millimetrlik quvur yorilgani bo‘yicha nosozlikni bartaraf etish uchun kelgan. Ish jarayonida “Suv taʼminoti”da chilangar bo‘lib ishlagan, 1984 yilda tug‘ilgan T.K. tuproq bosib qolishi oqibatida vafot etgan.
Mazkur holat bo‘yicha tergov-tezkor guruhi aʼzolari kelib, voqea joyi ko‘zdan kechirilgan. Shuningdek, holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Holat bo‘yicha Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.








