Ukraina dronlari Starlink sunʼiy yo‘ldoshlariga ulana olmaydi
SpaceX Kiyevni o‘z internet tizimlaridan qurol sifatida foydalanishda aybladi.

Amerikaning SpaceX kompaniyasi Ukraina dronlarining Starlink tizimlariga ulanishini cheklab qo‘ydi. Kompaniya prezidenti Gvinn Shotvellga ko‘ra, uning texnologiyalari jangovar maqsadlarda ishlatilishi mumkin emas.
Shotvell xonimning taʼkidlashicha, SpaceX hech qachon qurol sifatida ishlatish uchun ishlab chiqilmagan.
"Ammo ukrainaliklar unda hech qanday kelishuvlarda belgilanmagan holatlarda ham foydalandi", — degan u.
SpaceX Rossiya bosqinidan so‘ng Kiyevga 24 ming Starlink tizimlarini yetkazib bergandi. Dekabrda Ukraina yana 10 ming stansiya olishini eʼlon qilgandi.
2022 yil kuzida SpaceX Ilon Maskning ukrain hukumati bilan kelishmovchiligi fonida sunʼiy yo‘ldosh tizimini moliyalashtirishni to‘xtatishi mumkinligini eʼlon qildi.







