Xitoyning kuzatuv kameralari xavfsizlikka tahdid soladimi?
Avstaliya Xitoyda ishlab chiqarilgan barcha kameralarni tekshirishni boshladi.

Avstraliya Mudofaa vazirligi davlat muassasalarida o‘rnatilgan barcha tashqi va ichki kuzatuv kameralarini tekshirishni va “XXR hukumati bilan bog‘liq” qurilmalarni zudlik bilan demontaj qilishni buyurdi. Bu haqda mudofaa vaziri Richard Marles ma'lum qildi.
Mahalliy OAVning xabar berishicha, mamlakatdagi qator davlat muassasalari binolariga Xitoyning "Hangzhou Hikvision Digital Technology" va "Dahua Technology" kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan kamida 913 ta kuzatuv kameralari, domofon va video qayd etish tizimlari o‘rnatilgan. Bu korxonalar, AQShga ko'ra, Amerika milliy xavfsizligiga tahdid soladi.
Rasmiylar Xitoyning videokuzatuv tizimlari 13 ta vazirlikda, jumladan, Tashqi ishlar va Mudofaa vazirliklarida, Bosh prokuror va Bosh davlat g‘aznachisi kabinetlarida o‘rnatilganligini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.







