Afg‘onistonda “Tolibon”ga qarshi qancha guruh bor?
AQSH vakili bu bo‘yicha maʼlumotlarni ochiqladi.

Hozirgi kunda Afg‘onistonda toliblar hukumatiga qarshi 22 guruh bor. Bu haqda AQSHning Afg‘onistonni tiklash masalalari bo‘yicha bosh inspektori Jon Sopko maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu guruhlardan hech qaysi biri sezilarli hududlarni nazorat qilmayapti. Ularning safiga sobiq afg‘on harbiylari qo‘shilgan bo‘lsa-da, ularning soni katta emas.
Shu paytga qadar Panjsher, Badaxshon, Bag‘lon, Kapisa, Qunduz, Nangarhor, Nuriston, Parvon, Sari-Pul, Toxar viloyatlarida Afg‘oniston milliy qarshilik fronti bilan, Qandahor va Zobulda Afg‘oniston ozodligi fronti, G‘aznada Vatanparvarlik fronti kuchlari bilan to‘qnashuvlar bo‘lgan.







