O'zbekiston

"DOK-1 MAKS” ishi bo‘yicha O‘zbekistonning bosh “farmatsevti” Sardor Kariyev qamoqqa olindi

Farmatsevtika sohasidagi juda katta miqdordagi korrupsiyaviy jinoyatlar fosh etilmoqda.

"DOK-1 MAKS” ishi bo‘yicha O‘zbekistonning bosh “farmatsevti” Sardor Kariyev qamoqqa olindi

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda o‘tkazilgan o‘rganish yakunlariga ko‘ra aniqlangan juda ko‘p miqdordagi moliyaviy xato va kamchiliklar hamda byudjet mablag‘larining sarf qilinishida belgilangan talablarning qo‘pol ravishda buzilganlik holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda DXX tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, “DOK-1 MAKS” va “AMBRONOL” siropining nojo‘ya taʼsiri sababli “o‘tkir buyrak yetishmovchiligi” tashxisi bilan bolalar vafoti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergovi doirasida bir qator mansabdor shaxslar qamoqqa olingan.

 

Xususan, to‘plangan dalillar asosida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori K.S. hamda sodir etilgan jinoyatlarga aloqador bo‘lgan uning bir nechta jinoiy sheriklari ish bo‘yicha gumon qilinib ushlanib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

 

Dastlabki tergov davomida sifatsiz dori vositalarini O‘zbekistonga import qilib, isteʼmolga chiqarilishiga ruxsat bergan masʼullar doirasini aniqlab, harakatlariga huquqiy baho berishga qaratilgan kompleks tergov-tezkor harakatlari va tegishli ekspertizalar o‘tkazilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, prezident Farmatsevtika agentligi rahbari Sardor Kariyevni 2022 yilning 30 dekabr kuni lavozimidan ozod qilgan edi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

"DOK-1 MAKS” ishi bo‘yicha O‘zbekistonning bosh “farmatsevti” Sardor Kariyev qamoqqa olindi | Zamon.uz