O'zbekiston

Joriy yil Jizzaxda 31 ta loyiha ishga tushiriladi

Prezident viloyatga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Joriy yil Jizzaxda 31 ta loyiha ishga tushiriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-fevral kuni Jizzax viloyatida sanoatni rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Viloyatda yangi sanoat korxonalari barpo qilish uchun so‘nggi olti yilda qariyb 5 milliard dollar investisiya jalb qilingan. Buning natijasida 2 mingga yaqin yangi korxonalar tashkil qilinib, ishlab chiqarish hajmi qariyb 2 baravarga oshdi.

 

Bu yil qurilish materiallari bo‘yicha 460 million dollarlik 31 ta loyihani ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

 

Yig‘ilishda energetika ta’minotini yaxshilash masalasiga ham e’tibor qaratildi.

 

Jizzax viloyatida kamida 2 ming Megavatt qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun salohiyat borligi ta’kidlandi. Bundan foydalanib, 270 Megavatt quyosh energiyasi quvvatlari ishga tushirilishi aytildi. Buning hisobiga 236 million kilovatt soat ishlab chiqarilib, tanqislik ortig‘i bilan qoplanadi, jami 71 million kub metr gaz tejaladi.

 

Jumladan, Gʻallaorolda Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasining 200 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyasi hisobidan, 220 Megavattli yirik quyosh stansiyasi ishga tushiriladi. Kelgusi yilda bu stansiya to‘liq quvvatga chiqib, 500 million kilovatt soat elektr olinadi va viloyat ehtiyojining 20 foizini qoplaydi.

 

Shuningdek, ijtimoiy soha va davlat idoralari binolarida 5 Megavattli, Sanoat zonasi va tadbirkorlar binolarida 15 Megavattli quyosh panellari o‘rnatish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Aholi xonadonlariga 8 Megavattli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish uchun jozibador sharoitlar yaratiladi.

 

Tadbirkorlarning o‘z ehtiyojlari uchun 5, 10, 15 Megavattli quyosh stansiyalari qurish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadi.

 

Zafarobodda bu yil jami 2 Megavattli 2 ta kichik GES quriladi va bu yil 2,4 million kilovatt soat elektr ishlab chiqaradi. Osiyo taraqqiyot banki bilan birga, Forishda 150 Megavattli yirik quyosh stansiyasi loyihasi boshlanadi. Bu stansiya to‘liq quvvatga chiqqanda, 370 million kilovatt soat elektr ishlab chiqaradi. Jizzax shahrida ham issiqlik, ham elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kogenerasiya markazi quriladi.

 

Davlatimiz rahbari Jizzax elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlar ko‘p ekanini qayd etib, buni kamaytirish, viloyatda 4 mingdan ziyod korxonaning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

 

Yig‘ilish so‘ngida yana bir muhim voqea – 3 ta yangi korxonani ishga tushirish marosimi bo‘ldi. Ular – Forish tumanidagi “Eco Basalt Group”, Jizzax sanoat zonasidagi “Mono Electric” va “Super medical elements” shirkatlaridir.

 

Birinchi korxona bazaltdan yiliga 5 ming tonna kompozit quvurlar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. “Mono Electric”da 1 ming 500 turdagi elektr texnika mahsulotlari, “Super medical elements”da 40 turdagi tibbiy buyumlar ishlab chiqariladi. Ushbu korxonalar hisobiga, 700 dan ortiq aholi yuqori daromadli doimiy ish joyiga ega bo‘ladi.

 

Marosimda videoaloqa orqali korxonalar vakillari bilan muloqot qilindi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, yangi korxonalarni ishga tushirdi.

 

Shuning bilan Jizzax viloyatiga tashrif yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Joriy yil Jizzaxda 31 ta loyiha ishga tushiriladi | Zamon.uz