O‘tgan yili tabiatga 40 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan
Ekologik talablarga rioya etmagan 24 ta korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Davlat ekologik nazorat tadbirlari davomida 45 300 ta qonunbuzilish holati aniqlangan.
446 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarda davlat ekologik nazorati tartibida tekshirishlar o‘tkazildi. Natijada 379 ta qonunbuzilish holati aniqlanib, 437,8 mln so‘m jarima qo‘llanilgan. Atrof-muhitni ifloslantirgani uchun 50,2 mlrd so‘m qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovlari hisoblandi.
Ekologik talablarga rioya etmagan 24 ta korxona faoliyati sud qarori bilan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatildi.
«Ekologik patrul» guruhlari tomonidan hududlarda 26 117 ta qonunbuzilish (shundan, 116 tasi brakonyerlik) holati aniqlanib, 9 mlrd 471 mln so‘m jarima jazosi belgilandi va 7 ta holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.







