Rossiya raketalari NATO a'zosi bo'lgan davlat ustidan uchib o'tdi
Bugun Ukrainaga navbatdagi havo zarbalari berildi.

Qora dengizdan uchgan Rossiyaning ikkita "Kalibr" qanotli raketasi Moldova va Ruminiya havo hududini kesib o'tdi.
Shundan so'ng ular chegara bo'ylab harakatlanib, Ukraina havo hududiga kirib keldi.
Ukraina Qurolli Kuchlari Moldova va Ruminiya ustidan uchib o'tayotgan "Kalibr"ni urib tushirishi mumkinligini aytdi, ammo xorijiy davlat aholisi uchun xavf va tahdidlar hisobga olingan holda bu ish darhol amalga oshirilmagan.
Malumot o'rnida: Ruminiya NATO a’zosidir. Har ikki davlat rasmiylari ham bu borada hozircha izoh bermagan.
Ukrainaga navbatdagi havo zarbalari kecha tunda boshlangan. Mamlakatning 4 ta viloyatiga 16 ta raketa zarbalari berilgan.
"Ukrenergo” maʼlumotlariga koʻra, Rossiya havo hujumining asosiy maqsadi elektr stansiyalari va yuqori voltli tarmoq inshootlari boʻlgan. Geografik mo'ljal Ukrainaning sharqiy, g'arbiy va janubiy viloyatlari hisoblangan.
"Ukrenergo" tomonidan bir kun oldin ishga tushirilgan hududlarda iste'molni o'lchash jadvali ham bekor qilindi.
Eng qiyin vaziyat hozir Xarkov viloyatida kuzatilmoqda.
Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida butun mamlakatda qaytadan havo trevogasi e'lon qilindi. Belarus nashrlari "MiG-31" samolyotlari havoga ko'tarilgan bo'lishi mumkinligini aytishmoqda.







