O'zbekiston

Farg‘onada 4 qavatga mo‘ljallangan turarjoy 7 qavat qilib qurildi

Holat yuzasidan Qurilish vazirligi izoh berdi.

Farg‘onada 4 qavatga mo‘ljallangan turarjoy 7 qavat qilib qurildi

 

Ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona shahrining Registon ko‘chasida joylashgan turarjoy binosi rejaga ko‘ra to‘rt qavat emas, yetti qavat qilib qurilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinichicha, “Registon” ko‘chasidagi bo‘sh yer maydonida to‘rt qavatli turar-joy binosi, avtoturargoh, bolalar maydonchasi qurish hamda tutash hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish obyekti 2018 yil 3 dekabr kuni ro‘yxatdan o‘tgan va qurilish ishlari boshlangan, obyektda inspeksiya tomonidan doimiy nazorat ishlari olib borilgan. 

 

Turarjoy binosining loyiha hujjatlarida to‘rt qavat qurish belgilangan, amalda esa yetti qavat qilib qurilgan. Ushbu obyektning beshinchi, oltinchi, yettinchi qavatlarini qurish uchun pastki qavatlarni yuk ko‘tarish qobiliyatini o‘rganish bo‘yicha MCHJ tomonidan tayyorlangan texnik xulosaga asosan yuqori qavatlarni yengil qurilish materiallaridan bajarishga tavsiya etilgan. Lekin buyurtmachi H.Latipov va pudratchi “Ikat Vodiy” MCHJ tomonidan ushbu xulosaga asosan loyiha hujjatlari qayta to‘liq ishlab chiqilmagan, belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilmagan hamda inspeksiyaga xabarnoma yuborib ro‘yxatdan o‘tmasdan qurilish ishlari amalga oshirilgan.

 

Farg‘ona viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan obyekt qurilishini to‘xtatish to‘g‘risida 2022 yil 12 dekabrda yozma ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, aniqlangan qonun buzilish holati yuzasidan 2022 yil 26 dekabr kuni maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, maʼmuriy sudga yuborilgan. Bugungi kunda obyektda qurilish-montaj ishlari to‘xtatilgan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Farg‘onada 4 qavatga mo‘ljallangan turarjoy 7 qavat qilib qurildi | Zamon.uz