Toshkentda Spark piyodani urib yubordi
Oqibatda yo‘lovchi og‘ir darajada jarohatlangan.

Kecha, 10 fevral kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark haydovchisi piyodani urib yubordi. Holat yuzasidan shahar IIBB axborot xizmati maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 17:00 da 2002 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. o‘zining boshqaruvidagi Spark rusumli avtoulovni Mustaqillik shohko‘chasi bo‘ylab boshqarib ketayotganda yo‘lni begilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyoda — 1986 yilda tug‘ilgan B.N.ni urib yuborgan.
Natijada piyoda tan jarohati olib, “qo‘shma shikastlanish, 3–bo‘yin umurtqasi yopiq sinishi” jarohatlari bilan kasalxonaga yuborilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.








