Turkiyadagi zilzila kuchi
U 500 ta atom bombasi portlashiga teng bo‘lgan

Turkiyadagi zilzila kuchi 500 ta atom bombasi portlashiga teng, dedi Turkiya Favqulodda vaziyatlar departamenti xavflarni kamaytirish bo‘limi boshlig‘i O‘rxan Tatar.
“Biz o‘ylaganimizdan ancha yuqori falokatga duch kelyapmiz. 6 fevral kuni sodir bo‘lgan ikkita zilzilani tahlil qilmoqdamiz. Birinchi zilzila 65 soniya davom etgan va halokatli taʼsir ko‘rsatdi. Ikkinchi zilzila esa 45 soniya davom etdi va u ham halokatli taʼsir ko‘rsatdi”, — dedi u matbuot anjumanlarida.








