Xitoy yadro kallaklari zaxirasini ko‘paytirmoqchi
Bunga AQSH bilan munosobatlarining keskinlashishi sabab bo‘lgan.

Xitoy 2035 yilgacha yadro kallaklari zaxirasini uch barobarga ko‘paytirib, ularning sonini 900 taga yetkazmoqchi. Bu haqda Yaponiyaning «Kyodo» axborot agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Tayvan tufayli AQSH bilan munosabatlardagi keskinlikning yana-da kuchayishi kutilmoqda. Xitoylik ekspertlar mamlakat armiyasi tomonidan ishlab chiqilgan reja Si Szinpin tomonidan maʼqullanganini aytmoqda.
Yadro kallaklari ko‘paytirish ikki bosqichda amalga oshirilishi reja qilingan. Birinchidan, 2027 yilda PLA tashkil etilganining 100 yilligiga qadar u 550 taga ko‘paytiriladi. Ikkinchi bosqichda, 2035 yilga borib arsenal 900 tagacha kengaytirilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, AQSH o‘tgan yili Xitoy o‘z yadroviy kallaklari zaxirasini sezilarli darajada oshirish niyatida deb bashorat qilgandi.








