Payariqdagi shifoxonada xodimlar janjal chiqardi
Ulardan biriga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyatining Payariq tumanida “Chelak” shifoxonasi xodimlari janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 2-fevral kuni shifoxonaning rejali xirurgiya bo‘limida xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik sabab kelib chiqqan. Holat yuzasidan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Janjalda tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan A.N.ga nisbatan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.








