“Rossiya Ukraina masalasida g‘olib chiqishi mumkin”
Polsha prezidenti Ukrainaga zudlik bilan qurol yetkazib berish kerakligi aytdi.

Ukraina qurolli kuchlari zudlik bilan qurol bilan taʼminlashi kerak, aks holda rus bosqinchilari katta urushda g‘alaba qozonadi. Bu fikrni Polsha prezidenti Anjey Duda bildirdi.
“Ha, rus armiyasi urushda g‘alaba qozonishi mumkin. Agar Ukraina zudlik bilan yordam olmasa. Ularda zamonaviy harbiy infratuzilma yo‘q, ammo odamlar bor. Qurolli kuchlarga harbiy texnika jo‘natmasak, kelgusi haftalarda Ukraina masalasida Putin g‘alaba qozonishi mumkin va biz u qayerda to‘xtashini bilmaymiz”, — dedi Duda.








