O'zbekiston

Toshkentda «novostroyka» devorlari bo‘linib ketyaptimi?

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarga vazirlik munosabat bildirdi.

Toshkentda «novostroyka» devorlari bo‘linib ketyaptimi?

 

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yangi qurilgan ko‘p qavatli uylar devori bir yilga yetmasdan bo‘linib ketgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanining Mag‘rur ko‘chasidagi uy 2017 yilda  fuqaro B.Zokirov tomonidan  o‘zi va oila aʼzolarining yashashi uchun yakka tartibdagi uy-joy sifatida qurilgan va fuqarolarga alohida kvartira sifatida o‘zboshimchalik bilan rekonstruksiya qilingan holda sotilgan. Respublika sud ekspertiza markazining xulosasida ushbu uylar bir qancha nizomlar va seysmik zonada qurilish o‘tkazish talablariga javob bermasligi aniqlanib, hozirgi kunda avariya holatida ekanligi aniqlangan.

 

B.Zokirov o‘z manfaatlarini ko‘zlagan holda fuqarolarni ishonchiga kirib, yakka tartibda foydalanish maqsadida qurilgan turarjoy binosini ko‘p kvartirali uy-joy sifatida aldov yo‘li bilan fuqarolarga sotgan. B.Z. va uning sheriklariga nisbatan 2022 yil 14 mayda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblov eʼlon qilinib, “qamoqqa olish tarzidagi” ehtiyot chorasi qo‘llangan va jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasi tasdiqlangan.

 

Sudning 2022 yil 1 iyuldagi hukmiga ko‘ra, “Quyun” MCHJ rahbari B.Zokirovga 8 yil-u 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

“Hozirgi kunda fuqarolarga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida sud organi tomonidan kompensatsiya pulini undirish uchun sud jarayonlari davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Toshkentda «novostroyka» devorlari bo‘linib ketyaptimi? | Zamon.uz